Olisdagi yagonam,
Mushtiparim, jon Onam,
Omonmisiz, sog'misiz,
Siz baxtimga bormisiz? {x2}
O'zingizga yetmasdek,
Mening dardim ham ustak.
Yana yurak qilib qon,
Chidaysizmi, Onajon? {x2}
Bugun oy chiqdi horg'in,
Onajonim, so'gindim.
Oymomo aytgin rostin,
Uni ko'rasan doim,
Omonmi chiroyligim, hey? (x2)
Bugun oy…
Bir kun kelib o'zim ham
Deyman: baxtli onaman!
Yo'q, chidolmam unda man,
Yiroqda bo'lsa bolam,
Yiroqda yursa bolam.
Bir kulsam-u bir yig'lab,
Yolg'izlikdan quvonmam.
Tushunmasa bir olam,
Siz baxtimga bormisiz,
Jon Onajonim, sog'misiz?
Yiroqda tanhoginam,
Musofirim, jon Onam,
Qanday chiday sog'insam?
Siz baxtimga bormisiz,
Jon Onajonim, sog'misiz?
Bugun oy chiqdi horg'in,
Onajonim, so'gindim.
Oymomo aytgin rostin,
Uni ko'rasan doim,
Omonmi chiroyligim, hey?
Bugun oy…