Orzu-umidim faqat senga bog'liq,
Yashaysan yuragim to'rida.
Asra sevgimiz, dog' tushirmagin,
Ishonchim borida, senga borida.
Ko'zlarim sendan o'zgani ko'rmas,
Sensiz bir lahza yurak yasholmas.
Meni tark etma, yonimda bo'lgin,
Sen meni, baxtim, deb ishontirgin.
Kel endi, bugun meni chorla,
Kel endi, sog'inchlarim tingla.
Kel endi, mehringni ayama,
Sevgimni avayla, sevgimni avayla. (x2)
Qayda bo'lmagin, asrasin seni
Xudoyim doimo panohida.
Mendan baxtliroq yo'q bu dunyoda,
Bo'lsang mening yonimda, sen yonimda.
Ko'zlarim sendan o'zgani ko'rmas,
Sensiz bir lahza yurak yasholmas.
Meni tark etma, yonimda bo'lgin,
Sen meni, baxtim, deb ishontirgin.
Kel endi, bugun meni chorla,
Kel endi, sog'inchlarim tingla.
Kel endi, mehringni ayama,
Sevgimni avayla, sevgimni avayla. (x2+x2)