Alla aytay, jonim bolam,
Quloq solgin, alla.
Shirin allam tinglab, asta
Uxlab qolgin, alla.
Yuzlaringga tomgan suvga
Hayron bo'lma, alla-yo,
Baxtimga sen katta bo'lgin,
Xazon bo'lma, alla.
Baxtimga sen katta bo'lgin,
Xazon bo'lma, alla.
Istiqboling porloq sening,
Jajjiginam, alla-yo.
Baxtimga sen katta bo'lgin,
Xazon bo'lma, alla.
Baxtimga sen katta bo'lgin,
Xazon bo'lma, alla.
Sevganimdan yodgorimsan,
Oltin qo'zim, alla-yo.
Men sho'rlikday to'kilmagin,
Ko'rar ko'zim, alla.
Men sho'rlikday to'kilmagin,
Ko'rar ko'zim, alla.
Alla, alla, alla-yo…