Ko'zlarimga boq, rostini so'zla,
 Senga vafo etmadimmi?
 Hammadan kechib, bir seni deya,
 Ayt, balki xato qildimmi?
Men uchun yolg'iz suyanchim eding,
 Ishongandim senga dilimni.
 Endi sen mendek xo'rlanganingda
 Men senga kerak bo'ldimmi?
Aldagan sen,
 Tunlar dardli yig'latgan sen,
 Armonlarga yuzlatgan sen,
 Ishontirib, ayt, nega ketding?
Aldagan sen,
 Sensizlikka o'rgatgan sen,
 Yuragimni muzlatgan sen,
 Unutganda, ayt, nega kelding?
Ko'zlarimga boq, qanchalar bu dard
 Azoblagan yuragimni.
 Men yashar edim seni deb faqat,
 Sezmas edim keragimni.
Ayt, nega kelding yangilab yana
 Unutilgan alamlarimni?
 Sen emasmiding axir o'shanda
 O'yin qilgan tuyg'ularimni?
Aldagan sen,
 Tunlar dardli yig'latgan sen,
 Armonlarga yuzlatgan sen,
 Ishontirib, ayt, nega ketding?
 Aldagan sen,
 Sensizlikka o'rgatgan sen,
 Yuragimni muzlatgan sen,
 Unutganda, ayt, nega kelding? (x1+x1)