[Aziz Rametov]
Ko'zingni och, yomondan nari qoch,
Qolmay turib noiloj, xatar-u xavfga
O'ylamay qo'y chegara-yu moch.
[Shahriyor]
Yo'q oralari bir harakatda,
Qo'lda yo'q barokat, oshadi harorat.
Qora u tusda, oxiri borib badani, dil bo'sh,
Bu yo'l shunaqa, ha, anig'i – ketaring yosh.
Ota-ona kim, qarindosh-urug',
Bordi-keldi, bola-chaqa kim?
Faqat u narsa hammaning ustidan g'olib,
U hokim.
[Aziz Rametov]
Yo'q kelajak, yo'q orzu-armonlarga
Intilib yashash, hu-vou, vo-u.
Senga sen kerak, o'ylab ko'r,
Arziydimi ruxni yaralash?
Ko'zingni och, yomondan nari qoch,
O'lmay turib noiloj, xatar-u xavfga
O'ylanmay qo'y chegara-yu moch.
[Shahriyor]
Farqi yo'q axir kechami-kunduz,
Chaqiradi yovuz, kashanda degani ham banda.
Yuguradi qora chiroq ko'chalariga
Kunda kun ko'p marta.
Manzili qay yonda, qayda?
Bugunda mast emas holi kamdan kam.
Ko'zlaringni och, Vatan muhtoj
Vatanparvar, zabardastlarga.
[Aziz Rametov]
To'xta hozir, keyin kech bo'lib qolmasin
Muhim izlar, hu-vou, vo-u.
Urinma og'ir, yeb to'ymasang, quvmagin
Arslon izidan.
Ko'zingni och, yomondan nari qoch,
O'lmay turib noiloj, xatar-u xavfga
O'ylanmay qo'y chegara-yu moch. (x1+x1)