Endi bo'lmayman hech umidvor,
Nadomatlarim ekan bekor.
Kelmasa kelmasin mayli yor,
Sog'inishlarim bari bekor.
Afsusda tunlarim bedor bo'lib, sog'inib
Yoningga bormayman hech zinhor.
Vaqti kelib xasratlarga ko'nib, og'rinib,
Qo'ng'iroq qilma menga bir bor.
Kelmadi, qancha kutdim,
Voy alam, e, jon alam, e.
Termulib yo'llariga,
Voy alam, e, jon alam, e.
Hali menga zor bo'ladi,
Voy alam, e, jon alam, e.
Lekin unda kech bo'ladi,
Voy alam, e, jon alam, e.
Necha kunlar o'tdi, bilmayman,
Qo'ng'iroqlar aslo qilmayman.
Onda-sonda shunchaki eslayman,
Kelmasa kelmasin, bormayman.
Afsusda tunlarim bedor bo'lib, sog'inib
Uni aslo men yo'qlamayman.
Vaqti kelib xasratlarga to'lib, ovunib
Yurmagin, parvo ham qilmayman.
Kelmadi, qancha kutdim,
Voy alam, e, jon alam, e.
Termulib yo'llariga,
Voy alam, e, jon alam, e.
Hali menga zor bo'ladi,
Voy alam, e, jon alam, e.
Lekin unda kech bo'ladi,
Voy alam, e, jon alam, e.