Bir so'rmading-ey, ey dilrabo, na bo'ldi,
Qilgan o'shal ahd-u vafo na bo'ldi?
Ko'zlaring ham no oshino, na bo'ldi, {x2}
Keting demay, ul mubtalo, na bo'ldi? {x2}
Erta-yu kech ishim, fikrim – xayoling,
O'zgalarning komidadur visoling.
Bir ko'rarg'a zordurman-ey jamoling, {x2}
Niqob ochmas bodi sabo, na bo'ldi? {x2}
Yetdi ko'kka shom-u sahar fig'onim,
Arz ayladim necha dardi niholim.
Hargiz eshitmading magar gumonim, {x2}
Qilmas asar qilgan duo, na bo'ldi? {x2}
Turib nogoh to'lgan oydek visoling,
Jon lahdini qilolmay ruxsoring,
Muqimiyingman ishqing bilan bemoring, {x2}
Bir boqmading baxri Xudo, na bo'ldi? {x2}
Na bo'ldi? Na bo'ldi?