Jonim, ko'zingdagi yosh
Meni hech tinch qo'ymaydi.
Sen o'zga yorga yo'ldosh,
Qalbim yig'lab to'ymaydi.
Sevgan yorim deganim
Yor bo'lmadi, naylayin?
Jondan aziz bilganim
Yor bo'lmadi, naylayin?
Sevgan yorim, yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama.
Yurak-bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman. (x2)
Oydinim oy bo'lmadi,
Ko'z yoshim soy bo'lmadi.
Mehri daryo qalbingda
Bir menga joy bo'lmadi.
Ikkimizni qoralab,
Raqiblar ham to'ymadi.
Sevib yondik, norizo
Ota-onang qo'ymadi.
Sevgan yorim, yig'lama,
Shirin jonim, yig'lama.
Yurak-bag'rim tig'lama,
Men senga begonaman. (x2+x2)