Tengi yo'q, jisming barno,
Hush yoqar isming Barno,
Go'zalim, Barno.
Hushbo'y sochlaring yoqar,
Ishqing qalbga o't yoqar,
Go'zalim, Barno.
Lab ostida xol, Barno,
Sohibijamol Barno,
Go'zalim, Barno.
Jon fido kamolingga,
Oydayin jamolingga,
Go'zalim, Barno.
Tilimda isming, jonim, Barno,
Dilimda jisming, jonim, Barno. (x2)
Tengi yo'q, jisming barno,
Hush yoqar isming Barno,
Go'zalim, Barno.
Hushbo'y sochlaring yoqar,
Ishqing qalbga o't yoqar,
Go'zalim, Barno.
Lab ostida xol, Barno,
Sohibijamol Barno,
Go'zalim, Barno.
Vafoli yor, ahdim bo'l,
Mening oliy baxtim bo'l,
Go'zalim, Barno.
Tilimda isming, jonim, Barno,
Dilimda jisming, jonim, Barno. (x2)
Tilimda isming, jonim…
Dilimda jisming, jonim, Barno. (x2)
Tilimda isming, jonim, Barno,
Dilimda jisming, jonim, Barno. (x2)