Bahor gullari ochildi,
 Hidlari har yon sochildi.
 Sog'ingan dillar sevinchi
 Bugun boshqacha, bugun boshqacha.
Sog'ingan dillar sevinchi
 Bugun boshqacha, bugun boshqacha.
Ayni go'zal davringda,
 Ko'z tegmasin baxtingga.
 Olisda emas, yoningda
 Shahzoda sening shahringda. (x2)
Buxoro, Jizzax assalom,
 Samarqand, Andijon assalom.
 Navoiy, Qarshi, Guliston,
 Marg'ilon, Qo'qon assalom.
Farg'onam – yagonam assalom,
 Surxonim – durdonam assalom.
 Lazgidek erka Xorazm,
 Gul shahri Namangan assalom.
Sizga aytar qo'shiqlarim
 Yarmi baxtim, yarmi dardim.
 Yurakdagi shirin zavqim
 Bugun boshqacha, bugun boshqacha.
Yurakdagi shirin zavqim
 Bugun boshqacha, bugun boshqacha.
Ayni go'zal davringda,
 Ko'z tegmasin baxtingga.
 Olisda emas, yoningda
 Shahzoda sening shahringda. (x2)
Buxoro, Jizzax assalom,
 Samarqand, Andijon assalom.
 Navoiy, Qarshi, Guliston,
 Marg'ilon, Qo'qon assalom.
 Farg'onam – yagonam assalom,
 Surxonim – durdonam assalom.
 Lazgidek erka Xorazm,
 Gul shahri Namangan assalom. (x2)