Har kuning go'zal bo'lsa deyman,
Ko'zlaring sani kulsa deyman.
Mayli, tunu-kun jonim halak,
Sani ko'ngling to'lsa deyman.
Sani shod etib man zerikmam,
Sani shodligingga sherikman.
Bir ko'rish uchun quvonchingni, quvonchingni,
Man yashayman, hayotman, tirikman.
Bugun yana sovg'alarni olarman,
Huzuringga huzurlanib borarman.
Yana seni yana xursand ko'ray deb,
Yonarman, yonarman.
Hayajonlanaman, hayajonlanaman,
Manga qiziq sani tuyg'ularing.
Shodlanasan – yana jonlanaman,
Manga yoqar sani kulgularing. (x2)
Nima orzu-tilaging,
Ne istaydi yuraging?
Ayt o'zimga, aytaqol,
Bir o'zimdan so'ragin.
Bo'lay sani qanoting,
Har daqiqa najoting.
Quvonchlarga to'ldirayin
Hayoting, hayoting.
Bugun yana sovg'alarni olarman,
Huzuringga huzurlanib borarman.
Yana seni yana xursand ko'ray deb,
Yonarman, yonarman.
Hayajonlanaman, hayajonlanaman,
Manga qiziq sani tuyg'ularing.
Shodlanasan – yana jonlanaman,
Manga yoqar sani kulgularing. (x2+x2)