Sevmaganlar armonda,
Sevilganlar davronda. (x2)
Shunday go'zal zamonda
Ko'rganning ko'zi kuysin. (x2)
Buyursin, yor-yor buyursin,
Har kim suyganga suyulsin.
Buyursin, oh buyursin,
Ko'rganning ko'zi kuysin. (x2)
Bu kunlarga yetguncha
Yechildi ming tuguncha. (x2)
Endi o'la-o'lguncha
Ko'rganning ko'zi kuysin. (x2)
Buyursin, yor-yor buyursin,
Har kim suyganga suyulsin.
Buyursin, oh buyursin,
Ko'rganning ko'zi kuysin. (x2)
Hiloldan ham go'zalim,
She’rim, kuyim, g'azalim. (x2)
Sen taqdirim, azalim,
Ko'rganning ko'zi kuysin. (x2)
Buyursin, yor-yor buyursin,
Har kim suyganga suyulsin.
Buyursin, oh buyursin,
Ko'rganning ko'zi kuysin. (x2)
Ko'rganning ko'zi kuysin… {x2}