Go'zal kechalarda oy ham to'lin-to'lin,
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin? (x2)
Tomdim, tomchiladim Layli dudog'idan,
Iforga belandim Shirin ro'molidan. (x2)
Jilosi sepildi oyning jamolidan,
Xabar keldimi yo yorning visolidan? {x2}
Yorning visolidan?
Go'zal kechalarda oy ham to'lin-to'lin,
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin?
Sog'inching qiynadi, bo'ldi ko'zim qaro,
Kaftimga sochildi qirmiz rangli hino. (x2)
Yetar sog'inganim, yetar shuncha jafo,
Kelgin yor, kelaqol, bo'lmay sabrim ado. (x2)
Bo'lmay sabrim ado.
Go'zal kechalarda oy ham to'lin-to'lin,
Sevgi azoblari buncha shirin-shirin? (x1+x1)