Sunbula-yu, sunbula,
O'rab olay gul bilan. (x2)
Mening ko'nglim sen bilan, voy,
Sen ketasan kim bilan?
Qadamingga gullar ochilsin. (x2)
Men bu yerda o't yoqsam,
Farg'onada tutuni. (x2)
Bu dunyoda bormikan-o
Yurak-bag'ri butuni?
Qadamingga gullar ochilsin. (x2)
Bu dunyoda bor bo'lsa
Yurak-bag'ri butuni, (x2)
Qog'ozdan o'choq yasab, voy,
Guldan qilay o'tini.
Qadamingga gullar ochilsin.
Bu dunyoda bormikan-o
Yurak-bag'ri butuni?
Qadamingga gullar ochilsin.