Bahorsan, kimlargadir shirin orzusan,
Yechilmas sirli bir dunyosan,
Yoring uchun vafoli yorsan,
Bitta Dildorsan.
Ko'zingda mehring nurlari mujassam,
Sevgining durlari mujassam,
Yuzingda oy nuri mujassam,
Bitta Dildorsan.
Dildora, Dildora, Dildora, Dildora,
Olam ichra bitta, yagona.
Dildora, Dildora, Dildora, Dildora,
Ishonchsizlik senga begona.
Egasan, go'zal fazilatga egasan,
Hayotga ham kulib boqasan,
Dillarda quvonchni yoqasan,
Bitta Dildorsan.
Qochasan, g'iybat gap-so'zlardan qochasan,
Yaqinlarga mehring sochasan,
Samimiysan va mehribonsan,
Bitta Dildorsan.
Dildora, Dildora, Dildora, Dildora,
Olam ichra bitta, yagona.
Dildora, Dildora, Dildora, Dildora,
Ishonchsizlik senga begona.