Mehnatsiz turmushga ko'ngil boylagan,
Elim deb ko'ksiga mushtin urmagan,
To'rtta jo'jasiga katak qurmagan,
Otaning qadrini qaydan ham bilsin? {x2}
Labda qizil bo'yoq, egnida nimcha,
Kiygani uzun kun tor-tajang shimcha,
Chiroyiga bino qo'ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin? {x2}
Chiroyiga bino qo'ygan oyimcha
Yigitning dardini qaydan ham bilsin? {x2}
Ishq bu – kimlar uchun bir umr armon,
Kimga hasrat, kimning dardiga darmon. (x2)
Ro'zg'or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydan ham bilsin? {x2}
Ro'zg'or nimaligin bilmagan nodon
Xotinning farqini qaydan ham bilsin? {x2}
Dasti baland bo'lar deydilar sherning,
Qadri baland bo'lar tug'ilgan yerning. (x2)
Xotinlar tavakkal topilgan erning
Mardu-nomardini qaydan ham bilsin? {x2}
Xotinlar tavakkal topilgan erning
Mardu-nomardini qaydan ham bilsin? {x2}
Oh, bu inson zoti aqldan tongan,
Mol-dunyo xirsida yongani-yongan.
Xudo oldidagi uzolmay qolgan
Bir dunyo qarzini qaydan ham bilsin? {x4}