[Elyor Nosirov]
Ko'ngil ufqqa intilar,
Cheksiz orzu umidlar.
Yozib hayot asarin,
Tangrim bizga tikilar…
[Sevara Nazarxon]
Gohida g'am, goh quvonch,
Allaqanday tashvishlar.
Gohi gumon, goh ishonch,
Qalb qafasin to'ldirar.
[Rashid Xoliqov]
O'zimizga ishonib,
Goh kibrga boramiz.
Musibat yetgan chog'da
Zaif titrab qolamiz.
[Sevara Nazarxon]
Bu hayot dengizida
Biz misli bir tomchilar.
[Rashid Xoliqov]
Har tomchi amalidan
Dunyo to'ri to'qilar.
[Rashid Xoliqov]
Bir kam dunyo – shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.
[Sevara Nazarxon]
Bir kam dunyo – yaxshilik va yomonlik
Mudom baxsin surar.
[Rashid Xoliqov]
Bir kam dunyo – sinovingdan o'tishga
Har kim madad, najot tilar.
[Sevara Nazarxon]
Muhabbat shirin og'u,
Ishq quliga aylanib.
Bevafoning ahdiga goh
Qolamiz aldanib.
[Rashid Xoliqov]
Mashaqqatli bu hayot,
Aslida bir muallim.
Xom sut emgan bandalar
Undan olmaymiz ta’lim.
[Sevara Nazarxon]
Baxt, boylikka cho'mganda
Yo'qotamiz halovat.
[Rashid Xoliqov]
Dunyo bir kamligiga
Hech qilolmaymiz toqat.
[Sevara Nazarxon va Rashid Xoliqov]
Bir kam dunyo – shod-xurramlik,
G'am-qayg'u unda birga turar.
Bir kam dunyo – yaxshilik va yomonlik
Mudom baxsin surar.
Bir kam dunyo – sinovingdan o'tishga
Har kim madad, najot tilar. (x2)
Najot tilar…