Garchi ipak devoring,
Seni hech kim qurgan yo'q.
Ammo ikki dunyoda
Sendan qalin qo'rg'on yo'q. (x2)
Qo'shyuraklar yog'dusi
O'zing beshak, chimildiq.
Bo'y qizlarning orzusi,
Atlas to'shak chimildiq. (x2)
Bir umrga bog'lansin
Jon rishtasi joningga.
Rozi bo'lmay hech ko'ngil
Yo'lamasin yoningga. (x2)
Qo'shyuraklar yog'dusi
O'zing beshak, chimildiq.
Bo'y qizlarning orzusi,
Atlas to'shak chimildiq. (x2)
Garchi ipak devoring
Seni hech kim qurgani yo'q.
Ammo ikki dunyoda
Sendan qalin qo'rg'on yo'q. (x2)
Qo'shyuraklar yog'dusi
O'zing beshak, chimildiq.
Bo'y qizlarning orzusi,
Atlas to'shak chimildiq. (x2)