Yuragingda menga joy yo'q ekan,
Nega aytmading, nega aytmading?
Yoningda baxtliman deb, o'zgani tanlaganing
Nega aytmading, nega aytmading?
Yolg'onlaringdan yurakka sanchildi tikon,
Dard yomon ekan, bu azob ekan.
Meni o'ylama, hammasi tamom,
Muhabbat sen uchun shunchaki yolg'on.
Kechagiday yodimda yolg'onchi ko'zlaring,
Meni aldab, baxtli bo'lgan bo'lsang,
Bo'ldi tamom!
Meni o'ylama, hammasi tamom,
Muhabbat sen uchun shunchaki yolg'on.
Kechagiday yodimda yolg'onchi ko'zlaring,
Meni aldab, yuraging taskin topgan bo'lsa,
Tamom!
Sevmagansan, sevgan yuragimdan ayt,
Nelar kutgansan, nelar kutgansan?
Va’dalar yolg'onmidi, sevging ayt, soxtami?
O'zgarib ketgansan, o'zgarib ketgansan.