Tong otganda yonimdasiz,
Bolam, deb ko'p dard chekasiz.
O'zingizni o'ylamasdan,
Meni deb ko'p g'am yutasiz.
Baxtli kunlar mana keldi,
O'g'lingiz ham kuyov bo'ldi.
Quchog'ingiz yana to'ldi,
Ona.
Mayli, omad mendan yuz o'girsin,
Mayli, do'stlarim ham qo'l siltasin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.
Mayli, omad mendan yuz o'girsin,
Mayli, ishongan do'stlarim kulsin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.
Quchoqlasam onamni,
Jannat qoplar tanamni.
Menga ortiq baxt kerakmas,
Tuzatolmas yaramni.
Topib berdingiz o'zingizday
Mehribon Shahnozamni.
Parvordigor, o'zing asra
Otam bilan onamni.
Mayli, omad mendan yuz o'girsin,
Mayli, do'stlarim ham qo'l siltasin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.
Mayli, omad mendan yuz o'girsin,
Mayli, ishongan do'stlarim kulsin,
Mayli, lek sizning duoyingiz tufayli
Yashayapman, ona.