Mehr to'la dunyo, mehriboning ko'p,
Mehringga hech kimsa zor bo'lib qolmas. (x2)
Men uchun olamda bir zot bo'lsa bas,
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas. (x2)
Onamsiz keng hovlim g'aribdan-g'arib.
Jovdirab qolarman, uni axtarib.
Ko'ksiga bosh qo'ysam, oldiga borib,
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Ko'ksiga bosh qo'ysam, oldiga borib,
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Onajonim…
Onajonim o'rnini, mehribonim o'rnini,
Jonajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Jonajonim o'rnini, mehribonim o'rnini,
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas. (x2)
Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham,
Tushunmasa hatto sevgan yorim ham.
Ko'zimdagi yoshim artadi Onam,
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Gohida gullarga ko'milib qoldim,
Kuyladim, hammaning ko'nglini oldim.
Faqat bir narsaga men amin bo'ldim:
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Faqat bir narsaga men amin bo'ldim:
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Nochor qolganda, qo'l uzatdim o'zim,
Ba’zida bilmayin yig'latdim o'zim.
Qalbimda bor mening shu bitta so'zim:
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Qalbimda bor mening shu bitta so'zim:
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Onajonim…
Onajonim o'rnini, mehribonim o'rnini,
Jonajonim o'rnini hech kim bosolmas.
Jonajonim o'rnini, mehribonim o'rnini,
Onajonim o'rnini hech kim bosolmas. (x4)