Yuragimning darmoni sen o'zing,
 Ko'zlarimning qarog'i sen o'zing,
 Visoling – dardim, dardi bedavoman. (x2)
Hey, yuzi xolmi, labi bolmi,
 Bir qarashda aqlim oldi.
 Kiprigi kamon, bu holim yomon,
 Omon-omon. (x2)
Bu sadafmi yo sanammi,
 Yoki xayoldagi malakmi?
 Visoli – dardim, dardi bedavoman.
 Unga bo'lgan talabim osmon,
 Har bir so'zi dardimga darmon,
 Visoli – dardim, dardi bedavoman.
Yuzi xolmi, labi bolmi,
 Bir qarashda aqlim oldi.
 Kiprigi kamon, bu holim yomon,
 Omon-omon. (x2)
Majnun-u Qays bo'ldi ulfatim,
 Bulutlarga yozaymu xatim?
 Ul hurni o'ylash dildagi rohatim. (x2)
Hey, yuzi xolmi, labi bolmi,
 Bir qarashda aqlim oldi.
 Kiprigi kamon, bu holim yomon,
 Omon-omon. (x2)
Yuragimning darmoni sen o'zing,
 Ko'zlarimning qarog'i sen o'zing,
 Visoling – dardim, dardi bedavoman.