Bor, bor bir vafodor yor,
Unga bergan yuragim bor,
Lek ko'nglimni u anglamaydi.
Men ham sezmagandek,
To'zinchali erkin qushdek,
Lek nigohi qalbim tirnaydi.
Xayolan bir-birimizga zor-zor,
O'tadi kun-u tunimiz dor-dor.
Bo'ldi bas, urib oh charchadim man,
Endi man o'zim, man aytaman.
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Zora-zora kelasan, deb yuribman bechora. (sen deb mana)
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Seva-seva, sevaman, deb aytaqol bir bora. (seni sevaman)
Seni sevaman…
Endi men maftun bir devona,
Qilmishlaringga hayrona,
Yona-yona senga shaydoman.
Tanho-tanho zuhroyingman,
Sarvari ul samohingman,
Anglasangchi yor ko'zlarimdan.
Xayolan bir-birimizga zor-zor,
O'tadi kun-u tunimiz dor-dor.
Bo'ldi bas, urib oh charchadim man,
Endi man o'zim, man aytaman.
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Zora-zora kelasan, deb yuribman bechora. (sen deb mana)
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Seni seva, sevaman, deb aytaqol bir bora. (har onda yana)
[Karen Gafurjanov]
Ana shunday bo'ladi negadir bu olamda,
Qiynab yuragi bir-birini bu sevishganlar.
Azob chekib, o'tda yonib, siqilib, yashirib,
Uyalib, chalkashib, tuyg'ulardan or qilib,
Bu go'zal dunyoni ko'zlariga tor qilib.
Nahot imkon yo'q, viqor biron yo'q,
Qo'llaridan ushlasang, baxt manzilga boshlasang,
Sevaman desang…