Oazis…
Onam, otam, aka-uka, opa-singlim,
O'yna bolam…
Armon qilma, bola,
Baxtli kuning keldi.
Otang ko'ngli to'ldi,
Onang ko'ngli to'ldi.
Har yoningga qara,
Atrofingga qara,
Ochib chaman gul-gul,
Dunyo nurga to'ldi.
Hey, o'yna-o'yna odam,
G'am bo'lmasin dilda.
Yaxshi kunlaring to'la,
Uydan arimasin-ey to'y.
O'ynang-o'ynang onajon,
Birga o'ynang otajon.
E, opa-singil, aka-uka, bola-chaqa,
Hamma ko'rgani bo'lsin to'y!
Omoningga balli,
Yoroningga balli,
Har kun kulib turgan
Zamoningga balli. (bale)
Nozli yalo-yalo,
Tannozli yalo-yalo,
Shamshod qaddi raso,
Joningga bale.
Hey, o'yna-o'yna odam,
G'am bo'lmasin dilda.
Yaxshi kunlaring to'la,
Uydan arimasin-ey to'y.
O'ynang-o'ynang onajon,
Birga o'ynang otajon.
E, opa-singil, aka-uka, bola-chaqa,
Hamma ko'rgani bo'lsin to'y!
Onam, otam, aka-uka, opa-singlim,
O'yna bolam…
O'yna bolam, o'yna!
Hey, o'yna-o'yna odam,
G'am bo'lmasin dilda.
Yaxshi kunlaring to'la,
Uydan arimasin-ey to'y.
O'ynang-o'ynang onajon,
Birga o'ynang otajon.
E, opa-singil, aka-uka, bola-chaqa,
Hamma ko'rgani bo'lsin to'y!