Jonimdan o'tadi bugun alamlar,
Seni avradimi qoshi qalamlar?
Isming aytib yondim yuragim bilan,
Lek sendan kelmadi dilga malhamlar.
Bo'lsam ham ado, bilmading ammo,
Qolgin mensiz, alvido…
Endi man ketaman,
Jonim, seni tark etaman.
Izimni izlama, vaslimni ko'zlama,
O'z baxtimga yetaman! (x2)
Qulog'im charchadi yolg'on so'zingdan,
Asling bilolmasman hatto ko'zingdan.
Tosh yuraging bilan qolaver endi,
Bir vafo ko'rmadim, jonim, o'zingdan.
Bo'lsam ham ado, bilmading ammo,
Qolgin mensiz, alvido…
Endi man ketaman,
Jonim, seni tark etaman.
Izimni izlama, vaslimni ko'zlama,
O'z baxtimga yetaman! (x2+x3)