Sevgining manman degan-ey qaynog'iga uchradim,
Jonimga yoqib ketar-ey qiynog'iga uchradim. (x2)
O'zimni otash derdim, o'zimni bebosh derdim,
O'zimdan o'tib tushgan-ey bezoriga uchradim. {x2}
Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2)
Qayda ko'rsa “jonim” deb, jonimga tegib ketdi,
Tegma desam, tortqilab, ro'molim olib ketdi.
Qizg'onadi kundan ham, qizg'onadi tundan ham,
Shu bolaning ozori-yey ko'nglimga yoqib ketdi. {x2}
Voy, tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2)
Qanday balo yaralgan, haydasam ham ketmaydi,
Aldashda, erkalashda hech kim unga yetmaydi.
Nima qilsa qildi-yey, yuragimga kirdi-yey,
Bu turishda bu mani-yey boshqasiga bermaydi! (x2)
Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori,
Nima qilay, yoqadi-yey shu bolaning ozori. (x4)