Qani men oyga aylansaydim –
 Tunlari termulib tursam,
 Qaniydi tonglar uyg’onganda
 Yonimda yor seni ko’rsam.
Bir ko’z yumsam,
 Bir ko’z ochsam,
 Tanho sen yonimda bo’lsang,
 (Bir ko’z yumsam) doim bo’lsang.
Bu muhabbat – to abad
 Yuragimda joylangan.
 Bu muhabbatdur faqat,
 U seningla yaralgan.
Qaniydi seni ko’zlaringni
 Kiprigi ostida tursam,
 Atrofimdagi bu ro’yoni
 Sening ko’zing bilan ko’rsam.
Bir ko’z yumsam,
 Bir ko’z ochsam,
 Tanho men yoningda bo’lsam,
 (Bir ko’z yumsam) doim bo’lsam.
Bu muhabbat – to abad
 Yuragimda joylangan.
 Bu muhabbatdur faqat,
 U seningla yaralgan.
Bu muhabbat… Bu muhabbat…
Bu muhabbat – to abad
 Yuragimda joylangan.
 Bu muhabbatdur faqat,
 U seningla yaralgan.