Shu onda yo’qliging
 Meni xasta qilar,
 Otilgan o’q kabi yuragimga.
 Vaqt davo emish
 Yondirib, kuydirarkan,
 Yana kuysada yomon
 So’nmas umidlarim.
Kim bilar necha bahor-yoz
 Yana sensiz oylar, yillar
 O’tarkan bu qalbim yolg’izlikda.
 To’ydim bu hayotning
 Davo topmas, dardi bitmas
 Alamli achchiq qismatidan.
Qayt, meni qiynar sensizlik,
 Qayt, yorim bu qanday yolg’izlik?
 Qiynamay ne bo’lar yonimga qaytsang
 Qani ayt, qani ayt, qani ayt yolg’onsiz? (x2)
Yuragimda ko’pdir dog’lar,
 Do’stimdir bugun armonlar,
 Yor umid bergin go’zal sevgimizga.
 Yo’lingga ko’zim termular jim
 Menga ham ber mo’jiza deb,
 Duoni duoga bog’la yorim.
Qayt, meni qiynar sensizlik,
 Qayt, yorim bu qanday yolg’izlik?
 Qiynamay ne bo’lar yonimga qaytsang
 Qani ayt, qani ayt, qani ayt yolg’onsiz? (x3)