Dunyolarga ishonmayman uni men,
 Ranjitsalar og'riydi ko'nglim.
 U baxtiyor bo'lsa – men baxtiyor,
 Dunyoda eng go'zal, yagona singlim. (x2)
Bugun uydan singlim ketar,
 Yor-yor bilan, yor-yor bilan.
Ko'ngli orzularga limmo-lim,
 Akasin erkasi, ey guloyim.
 O'z uyida bugun aziz mehmonim,
 Dunyoda eng go'zal, yagona singlim. (x2)
Bugun uydan singlim ketar,
 Yor-yor bilan, yor-yor bilan.
Ko'ngli oppoq qordek beg'uborim,
 Ro'moli yarashgan, ey guloyim.
 Kulsangchi, kul, manim erkatoyim,