Yor, seni o'ylasam,
Kuni bilan sog'insam,
Suratingla ovunsam,
Sevarmiding, ayt? (x2)
Baridan voz kechsam,
Yuragim uzib bersam,
Jonimni va’da qilsam,
Sevarmiding, ayt? (x2)
Ishqingda yonib-kuysam,
Charos ko'zlaring suysam,
O'zimni baxtli tuysam,
Sevarmiding, ayt?
O'zgalardan qizg'onib,
Qalbimga quloq solib,
Sevdim desam bir seni,
Sevarmiding, ayt?
Baridan voz kechsam,
Yuragim uzib bersam,
Jonimni va’da qilsam,
Sevarmiding, ayt? (x2)
Qaramayin hech kimga,
Talpinsam o'zingga,
Sochsam gul poyingga,
Sevarmiding, ayt?
Sog'inchlarda kuylasam,
Hayotim senga bersam,
Sen uchun gullar tersam,
Sevarmiding, ayt?
Baridan voz kechsam,
Yuragim uzib bersam,
Jonimni va’da qilsam,
Sevarmiding, ayt? (x2)