[Nilufar]
Balki kurashmasak bo'larmidi?
Sevgim senga so'narmidi?
Lekin tushdi ko'zlar ko'zlarga,
Ayt nega?
[Muzaffar Mirzarahimov]
Endi senga yetmas mening qo'lim,
Kechirolsang kechir, gulim.
Netay, sendan ayro yo'lim?
[Muzaffar Mirzarahimov va Nilufar]
Yuragim jim, yuragim,
Yagonamsan, keragim.
Balki ushalmas tilagim,
Sevaveraman, sevaveraman. (x2)
[Muzaffar Mirzarahimov]
Xayol qanotida parvoz etib,
Senga gulmas, dilim tutib,
Nega qoldirdim armonlarda,
Bilmayman?!
[Nilufar]
Sen va men go'yoki bir butunday,
To'ldirguvchi bir-birin shunday,
Go'yoki yer va osmonday.
[Muzaffar Mirzarahimov va Nilufar]
Yuragim jim, yuragim,
Yagonamsan, keragim.
Balki ushalmas tilagim,
Sevaveraman, sevaveraman. (x2+x2)