Yomg'ir, havo har xil
Yo bulutli-bulutli, shamolli, yoqimli.
Hayotning gashtini ko'r,
Sayr-u sayohati zo'r.
Ay-yora, ay-yora,
Sayohatga tayyora,
Orzu-havaslari ko'p-ko'p,
Boshga balo demasam xo'p.
Bilmadim, bilmadim,
Man hali dunyo ko'rmadim.
Bir oy bo'lamiz “turisto”,
Suv osti olimi Jak Iv Kusto.
Ram-pa-pa-pam, tara tira-tira tam,
Sirli olam kezamiz,
Rim yoki India,
Emiratmi, Indoneziya.
Ram-pa-pa-pam, tara tira-tira tam,
Qanot yozib uchamiz,
Yelkanli kemada
Shimol-janub suzaman.
Ram-pa-pa-pam, ram-pa-pa-pam…
Ram-pa-pa-pam, ram-pa-pa-pam…
Hali chet elga bormadim,
Qora dengizni ko'rmadim.
Bitta orzuyim – Yalta,
Bo'lsa qaniydi katta, uzun oppoq yaxta.
Avvaliga yur Buxoroga boramiz,
Samarqandni, Termizni aylanamiz.
O'zi hamma chet ellik turistlar “shetda”,
Beqiyos Vatanimiz, nima bor chetda?
Turizm ham rivojlanib ketdi…
Ram-pa-pa-pam, tara tira-tira tam,
Sirli olam kezamiz,
Rim yoki India,
Emiratmi, Indoneziya.
Ram-pa-pa-pam, tara tira-tira tam,
Qanot yozib uchamiz,
Yelkanli kemada
Shimol-janub suzaman. (x1+x2)
Ram-pa-pa-pam, ram-pa-pa-pam…