Boshqa rang men uchun bugun bu dunyo,
 Men uchun atalgan gullar boshqaga.
 Yorimning qalbida quvonch, hayajon,
 O’zgani bosadi bugun bag’riga.
Bevafoyim, bedavoyim,
 Baxtli bo’lgin mayliga.
 Dilozorim, dilda borim
 Taqdir ekan boshqaga.
Menga oy kulib boqadi, yangi orzular soladi
 Yaralangan, azoblangan qalbimga.
 Senga baxt tilab qolaman, asta-sekin unutaman
 O’zim otib, yoqib gullar bag’riga.
Bevafoyim, bedavoyim,
 Baxtli bo’lgin mayliga.
 Dilozorim, dilda borim
 Taqdir ekan boshqaga.
Boshqa rang men uchun bugun bu dunyo,
 Men uchun atalgan gullar boshqaga.
 Yorimning qalbida quvonch, hayajon,
 O’zgani bosadi bugun bag’riga.
Bevafoyim, bedavoyim,
 Baxtli bo’lgin mayliga.
 Dilozorim, dilda borim
 Taqdir ekan boshqaga. (x2)