To’kilib, to’kilib, to’kilib
 Qo’llaringga shabnam misol,
 Yuragimda tinmay jo’sh urib borar
 Sevgim har on.
 To’kilib, to’kilib, to’kilib
 Yo’llaringga yomg’ir misol,
 Sening borligingdan urib turar
 Dilim har on.
Sen, sen yuragimda borini
 Nega seza olmaysan?
 Yashiringan dilda muhabbatim,
 Lekin bila olmaysan.
Sekin-sekin o’tli qarashing
 Yuragim urdirar sekin,
 Yuraging o’zim bo’lay,
 Men seni yo’lg’izing o’zim bo’lay.
To’kilib, to’kilib, to’kilib
 Qo’llaringga shabnam misol,
 Yuragimda tinmay jo’sh urib borar
 Sevgim har on.
 To’kilib, to’kilib, to’kilib
 Yo’llaringga yomg’ir misol,
 Sening borligingdan urib turar
 Dilim har on.
Sen, sen tunlari quyoshim
 Bo’lib meni uyg’otasan,
 Erkalab yuzimga nuring sochib,
 Ko’zlarimda yonasan.
Sekin-sekin mayin shamol bo’lib
 Sochlarim silab sekin,
 Yuraging o’zim bo’lay,
 Men sening yolg’izing o’zim bo’lay.
To’kilib, to’kilib, to’kilib
 Qo’llaringga shabnam misol,
 Yuragimda tinmay jo’sh urib borar
 Sevgim har on.
 To’kilib, to’kilib, to’kilib
 Yo’llaringga yomg’ir misol,
 Sening borligingdan urib turar
 Dilim har on. (x2)