Tun kechada, ishqning baxt shahrida
 Bedor yuraklar,
 Senda yana sevgining betakror,
 Shirin tilaklar.
Qalbing ila, sevgi dardi ila
 Sen tanho yonasan,
 Yuraging ne istar, doim kimni so’rar?
 Sen aslo bilmaysan.
Har dam, har dam yana yonasan
 Muhabbat yo’lida,
 Izla qalbing uni topasan,
 Bu sening qo’lingda.
Har dam, har dam qiynama yurak,
 Bu sevgi azobi,
 Izla qalbing farishtasidan,
 Bu savol javobi.
Xayollaring sevgining o’tida
 Sarson kezadi,
 Lekin chin sevgining shirin baxti
 Juda achchiq bo’ladi.
Yonasan ishqida, pok sevging u uchun
 Berishga tayyormisan?
 Sening qalbing sevar yoki oddiy havas,
 Aslo bilmaysan.
Har dam, har dam yana yonasan
 Muhabbat yo’lida,
 Izla qalbing uni topasan,
 Bu sening qo’lingda.
 Har dam, har dam qiynama yurak,
 Bu sevgi azobi,
 Izla qalbing farishtasidan,
 Bu savol javobi. (x2)