[Monolog]
Yillar o'tgan sari kimning kimligini bilib yashayverarkansan.
Hayot senga shunday sovg'alarni tayyorlar ekanki, sovg'aning ichida nima borligini bilmas ekansan.
Sayrab-sayrab, nola aylab, jo'shma bulbul,
O'zim hayron bilolmay, o'ng-tushmi bulbul.
Alamlarim, hasratlarim bag'rim tilar,
Sen ham yana dardimga dard qo'shma bulbul. (x2)
Sen ozodsan, sen erkinsan, uchib har yon,
Tashvishing yo'q, parvozdasan kezib sayron.
Shu sababdan beparvosan menga hayron,
Bag'rim o'rtab, kel haddingdan oshma bulbul. (x2)
Ko'zingni och, har qadamda qopqonlar bor,
Xirsi baland, nafsi ummon, o'pqonlar bor.
Shakli inson, vale fe’li hayvonlar bor,
Uzoqlarda tuzoqlarga tushma bulbul. (x2)
Farq etolmay qoldim na tush va na ro'yo,
Devonaga aylaniblar qoldimmi yo?
Men ham edim seningday bulbuligo'yo,
Sen ham mening holatimga tushma bulbul. (x2)
Ustoz Navoiyning baytin bir eslagil,
Deyibdirlar, bandilikda yayramas dil.
Tikan sanchib, ozor berar hattoki gul,
Loqayd bo'lib, ogohlikdan kechma bulbul.
Tikan sanchib, ozor berar hattoki gul,
Loqayd bo'lib, ogohlikdan kechma bulbul.