[Bojalar guruhi]
Seni men sog'inganda
Gitaramni sozlayman,
Ko'zlaring namlanganda
Senga qo'shiq kuylayman.
[Nigora]
Men seni sog'inganda
Jonim, seni eslayman.
Shirin-shirin so'zlaring,
Erkalashing qo'msayman.
[Bojalar guruhi]
Seni men sog'inganda
Yoningga borsam deyman,
Ko'zlaring quvnaganda
Erkalab yursam deyman.
[Ziyoda]
Men seni sog'inganda
Ko'zlaring ko'rsam deyman,
Faqat jonim, o'zingning
Yagonang bo'lsam deyman.
[Birgalikda]
Bugun katta ko'chadan
O'tolmayman, go'zalim.
Seni ko'rib qolsam men,
So'zlolmayman so'zlarim. (x2)
[Bojalar guruhi]
Mahallangga o'tsam kech,
Derazangga tosh otsam,
Shirin uyquda uxlaysan,
Meni sira o'ylamaysan.
[Nigora]
Tong otsa ham uxlamay,
Seni jonim, o'ylayman.
Ko'zlarim bir zum yumsam,
Ko'z o'ngimda seni ko'raman.
[Bojalar guruhi]
Yong'oq daraxt tagida
Seni o'ylab kutarman.
Sado bermasang hamon,
Uyga qaytib ketarman.
[Ziyoda]
Derazamdan mo'ralab,
Bardoshingni sinayman.
Telba oshiq, yorginam,
Ketishing istamayman.
[Birgalikda]
Bugun katta ko'chadan
O'tolmayman, go'zalim.
Seni ko'rib qolsam men,
So'zlolmayman so'zlarim. (x2)