Mushtiparim, farishtam,
Beg'uborim, yagonam,
Yuragimdagi nolam,
Hayotim, borim Onam.
Ko'zingizda nam ko'rmay,
Dilingizda g'am ko'rmay.
Siz sabrda tengi yo'q,
Dardingiz o'zim olay.
Hatto ko'z yoshingizdan
Bog'larda gul unadi.
Duogo'y mehringizdan
Bizga baxtlar kuladi.
Xisor bo'ling boshimizga,
Otam ham – siz, Onam – siz.
Tiz cho'kay poyingizga,
Siz jannati Onamsiz.
Jannatim Onam, yo'llaringizda gul bo'lay,
Jannatim Onam, ko'zlaringizga nur bo'lay.
Mehribonginam, beozorginam,
Ko'rmayin sira ko'zlaringizda nam.
Mehr to'la ko'nglingiz,
Quyosh misol yuzingiz,
Qalbi yarim, mehribon
Sizga o'g'il-qizingiz.
Bolam, deya dunyoda
Boringizdan kechgansiz.
Duo qilib tonggacha,
Bizga baxt tilagansiz.
Jannatim Onam, yo'llaringizda gul bo'lay,
Jannatim Onam, ko'zlaringizga nur bo'lay.
Mehribonginam, beozorginam,
Siz farishtamsiz, yagonaginam. (x2)