Umr – yo'ldir, chang-u, tor,
 Chohlaridan qochinglar.
 Har qadamda bor devor,
 Ko'zni katta ochinglar. (x2)
Bu yo'llarda uchragay
 Goh bo'ri, goh tulkilar.
 Birov tepmoq bo'ladi,
 Yana birov turtkilar. (x2)
Umr – yo'ldir, chang-u, tor,
 Chohlaridan qochinglar.
 Har qadamda bor devor,
 Ko'zni katta ochinglar. (x2)
Nomard ko'pdir bu yo'lda,
 Mard – anqoga barobar.
 Biroq kimni izlasa,
 Topar albat birodar. (x2)
Umr – yo'ldir, chang-u, tor,
 Chohlaridan qochinglar.
 Har qadamda bor devor,
 Ko'zni katta ochinglar. (x2)
Yaxshi qiling niyatni,
 Atri ro'yo sochilgay.
 Durust cherting, har yopiq
 Darvoza ham ochilgay. (x2)
Umr – yo'ldir, chang-u, tor,
 Chohlaridan qochinglar.
 Har qadamda bor devor,
 Ko'zni katta ochinglar. (x2)