Odamzorda odam asli noyobdir,
Shoirning bu so'zi bizga kitobdir.
Do'stga zor qilma, dеb bеjiz aytilmas,
Umr gulshanida chin do'st oftobdir.
Gar otang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Gar onang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Lеk do'sting bo'lmasa, ko'rgin o'zingdan,
Bosgan izingdan, aytgan so'zingdan. {x2}
Mol qadrin bilganga bozordir dunyo,
Hol qadrin bilganga mozordir dunyo.
Dunyoni ayblama qolganda yolg'iz,
Do'st qadrin bilmasga ozordir dunyo.
Gar otang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Gar onang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Lеk do'sting bo'lmasa, ko'rgin o'zingdan,
Bosgan izingdan, aytgan so'zingdan. {x2}
G'animatda dunyoda har bitta inson,
Kimga do'st armon-u kimga yor armon.
Do'stingdan ranjima, do'stni ranjitma,
Gohida ko'nglingni qilsa ham vayron.
Gar otang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Gar onang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Lеk do'sting bo'lmasa, ko'rgin o'zingdan,
Bosgan izingdan, aytgan so'zingdan. {x2}
But aylarsan agar kam-u ko'st topsang,
Qaraysan mag'zdan oldin po'st topsang.
Birodar oynadir birodar uchun,
Asrashni o'rgangin yaxshi do'st topsang.
Gar akang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Gar ukang bo'lmasa, ko'rgin Xudodan,
Lеk do'sting bo'lmasa ko'rgin o'zingdan,
Bosar izingdan-u aytar so'zingdan.