Tinmay yuragim dard ezar,
Tinmay xayolim alam kezar,
Seni deb, faqat seni deb.
Ketding, sevishim anglamay,
Sensiz yo'qligim o'ylamay,
Sen eding, sevgim sen eding.
Bilmading,
Sen deb yondim, sezmading,
Men sevdim, sen sevmading,
Tanlaganim sen eding.
Bilmading,
Qayg'ularga yuzlading,
Qiynalganim sezmading,
Baxt o'zgadan izlading.
Ishonch azobi buncha yomon,
Bezovta yurak yig'lar hamon,
Bilmaysan, balki o'ylamaysan.
Ishonib o'zingni unutsang,
Ko'zlarida sevgini ko'rmasang,
O'shanda meni tushunarsan!
Bilmading,
Sen deb yondim, sezmading,
Men sevdim, sen sevmading,
Tanlaganim sen eding.
Bilmading,
Qayg'ularga yuzlading,
Qiynalganim sezmading,
Baxt o'zgadan izlading.
Bilmading…