Torimning ajab siri bor,
Siri bilan ta’siri bor.
Bo’g’izida ikki tori, dod-ey,
Birini chertsam biri bor.
Biri kuylasa, birining
Jo’r bo’ladigan yeri bor.
Kuyida misoli Zuhro,
Bamisoli Tohiri bor.
O, kim desa, hayotda yakka,
Peshonasining sho’ri bor,
Peshonasining sho’ri bor.