Yig'layabdi nay, to'kiladi may,
Sensiz ne qilay jonim, seni sevdim?
Qiynadi savol, qiynadi ozor,
Aytaman takror-takror – seni sevdim.
Qo'llarimda tola soch sendan qolgan,
Qachonlardir labingdan bol labga tomgan.
Mayli sen sog'inmasang,
Qayrilmasang, qaytmasang. (x2)
Mayli mendek sevsang-sevolmasang,
Seni sevdim.
Yig'layabdi nay, to'kiladi may,
Sensiz ne qilay jonim, seni sevdim?
Qiynadi savol, qiynadi ozor,
Aytaman takror-takror – seni sevdim.
Ko'zlarimda daryo yosh, bu ne savdo?
Mag'lub bo'ldi mag'rur bosh – qilmas parvo.
Ko'rgin mening zorligim,
Majnundan ham xorligim. (x2)
Mayli bu yoshligim, xatoligim,
Seni sevdim.
Yig'layabdi nay, to'kiladi may,
Sensiz ne qilay jonim, seni sevdim?
Qiynadi savol, qiynadi ozor,
Aytaman takror-takror – seni sevdim.