Yog'dirib boshimga baloni,
Qoldirmay ketdida davoni,
Paydo ayladi-da
Menday qalbi yaroni.
Bilmas ekanda u vafoni,
Bilgani-bilgan jafoni.
Qoldirdi netay,
Sevdim ul bevafoni?
Qoshingning qarosiday,
Ko'zingning qarosiday,
Qaro tunda qoldirding-a mani.
Qoshingning qarosiday,
Ko'zingning qarosiday,
Qaro holimni ko'rgin mani.
Qaro, qaro, qaro, qaro, qaro qoshingdek
Mening baxtimni qaro aylading.
Yaro, yaro, yaro, yaro, yarolar,
Yurak-bag'rimni yaro aylading.
Taqdirni teskari burib bo'lmas,
Fursatni ortiga surib bo'lmas,
Yuraksizim, seni
Yuragimdan yulib bo'lmas.
Yuribman hijronning oralarida,
Zimistonlikning qoralarida,
Adashdim sochlaringning
Qora tolalarida.
Qoshingning qarosiday,
Ko'zingning qarosiday,
Qaro tunda qoldirding-a mani.
Qoshingning qarosiday,
Ko'zingning qarosiday,
Qaro holimni ko'rgin mani.
Qaro, qaro, qaro, qaro, qaro qoshingdek
Mening baxtimni qaro aylading.
Yaro, yaro, yaro, yaro, yarolar,
Yurak-bag'rimni yaro aylading. (x1+x1)