Tun qo'ynida, sog'inchlar avjida,
Va’dalar qolmagan nega kuchida?
Men o'yladim, shunchaki esladim,
Lek, ammo negadir kecha olmadim,
Kecha olmadim.
Yana, yana, yana, yana sog'inch
Eltadi shamollarning bag'riga.
Bu sog'inchlarimga, og'riqlarimga
O'zim ega.
Eh, yana, yana, yana, yana sog'inch
Eltadi shamollarning bag'riga.
Bu sog'inchlarimga, og'riqlarimga
O'zim ega, o'zim ega.
Eh yuragim, bunchalar og'rinmagin,
Sog'inchga vujudim asir etmagin.
U kelmadi, holimni bilmadi,
Lek ammo men yana kecha olmadim,
Kecha olmadim.
Yana, yana, yana, yana sog'inch
Eltadi shamollarning bag'riga.
Bu sog'inchlarimga, og'riqlarimga
O'zim ega.
Eh, yana, yana, yana, yana sog'inch
Eltadi shamollarning bag'riga.
Bu sog'inchlarimga, og'riqlarimga
O'zim ega, o'zim ega. (x1+x1)