Qiz bolaning qismati shu –
Ko'nib ketar qizgina.
Oy yuzini ro'molida
Yopib sekin, jimgina.
Sog'indingmu ketmay turib
Hali ota uyingni?
To'yib-to'yib hidlab olgin
Hovlingdagi gulingni.
Hay-hay o'lan, jon o'lan-ey,
Dilga yetar shu bugun.
Ko'zlar yosh – ota uyidan
Kelin ketar shu bugun.
Har bir qizga ota uyi,
Ona uyi – poshsho uy.
Qutlug' bo'lsin kelinchakka
Ostonasi tillo uy.
Ota uyning gul-rayhonlari
Nega dilga buncha yoqimli?
Hatto senga ayvonda qo'ngan
Qaldirg'ochi mehrli, mehrli.
Hay-hay o'lan, jon o'lan-ey,
Dilga yetar shu bugun.
Ko'zlar yosh – ota uyidan
Kelin ketar shu bugun.
Har bir qizga ota uyi,
Ona uyi – poshsho uy.
Qutlug' bo'lsin kelinchakka
Ostonasi tillo uy. (x2)