O'tdi qancha bahor-u yoz,
Jondan o'tdi sog'inch bir oz.
Dardlaridan bo'lmadim halos,
Oh-fig'onlar esingdami?
Sen ketib, sho'xligim tindi,
Olovli cho'g'ligim tindi,
Sinovlarda sabrim sindi,
Imtihonlar esindami?
Xotiram tinch qo'ymas yana,
Yomg'ir yoqqan bir ul sana.
Ikkimizga bo'lgan pana
Soyabonlar esingdami?
O'sha ajib, o'sha sirli,
O'sha onlar esingdami?
Bizlar birga bo'lgan nurli
Bir zamonlar esingdami?
Lov-lov yongan nigohlaring,
Qaltiragan barmoqlaring,
Aytilmagan firoqlaring,
Hayajonlar esingdami?
(Esingdami… esingdami…
Esingdami, jonim, esingdami…)
Ohlarim osmon-u falak,
Hijroningda jonim halak,
Qalbimni o't qilgan tilak,
Kuydi jonlar esingdami?
Olis-olislarga ketding,
Biz tomonlar esingdami?
Yaxshi deb, kimlarga yetding?
Biz yomonlar esingdami?
O'sha ajib, o'sha sirli,
O'sha onlar esingdami?
Bizlar birga bo'lgan nurli
Bir zamonlar esingdami?
Lov-lov yongan nigohlaring,
Qaltiragan barmoqlaring,
Aytilmagan firoqlaring,
Hayajonlar esingdami?
O'tdi qancha bahor-u yoz,
Jondan o'tdi sog'inch bir oz.
Dardlaridan bo'lmadim halos,
Oh-fig'onlar esingdami?
(Esingdami… esingdami…
Esingdami…)