Kechalari yulduzu oy
 Nur sochib berar chiroy,
 Xonam uzra, sevgim uzra.
 Sog’inishing bilaman,
 Sevishing his etaman,
 Ko’zlaringdan, so’zlaringdan.
Yiroq ketma, ozor etma qalbimga,
 Aslo tinmay sevgim aytay senga.
Bora-bora qalbingdan,
 Yuragingning tub-tubidan
 Joy oladurman, yor bo’ladurman.
 Pora-pora aylab yor,
 Yuragingni men takror
 Yondiradurman, yondiradurman.
Bilaman, yor sevasan,
 Har doim sog’inasan
 Meni juda, meni yana.
 Kel, seni baxtli etay,
 Mehrimni senga beray,
 Sevganimsan, hayotimsan.
Yiroq ketma, ozor etma qalbimga,
 Aslo tinmay sevgim aytay senga.
Bora-bora qalbingdan,
 Yuragingning tub-tubidan
 Joy oladurman, yor bo’ladurman.
 Pora-pora aylab yor,
 Yuragingni men takror
 Yondiradurman, yondiradurman. (x2)