Yurgan bu yo’lim, har bosgan qadamim
 O’z-o’zimga bo’ysunmas,
 Ko’zlarimni ochib, atrofimga boqsam,
 Go’yo hech narsa ko’rinmas.
Bilaman men bugun
 So’nggi bor ko’rishchun,
 Sening oldingga boraman.
 Ich-ichimdan yonib,
 Umidlarga to’lib,
 Ko’zlaringga bir boqaman.
Mana bugun ayrilamiz, yengilamiz
 Taqdirning bir sinoviga.
 Negadir men so’zlaringda, ko’zlaringda
 Afsuslar hech ko’rmayabman.
Tonglar uyg’onsam ham,
 Qayg’uga botsam ham,
 Faqat seni sog’inaman.
 Sensan xayolimda,
 Har o’tar kunimda
 Bir seni o’ylab yashayman.
Bilaman men bugun
 So’nggi bor ko’rishchun,
 Sening oldingga boraman.
 Ich-ichimdan yonib,
 Umidlarga to’lib,
 Ko’zlaringga bir boqaman.
Mana bugun ayrilamiz, yengilamiz
 Taqdirning bir sinoviga.
 Negadir men so’zlaringda, ko’zlaringda
 Afsuslar hech ko’rmayabman.
Bilaman men bugun
 So’nggi bor ko’rishchun,
 Sening oldingga boraman…