So’rama holing ne kechmoqda deb,
 So’rama ne bo’ldi senga deb.
 Hamon qara, yolg’izman bir o’zim,
 Qorong’u xona, yo’q na yor, na do’stim.
Sen ketgan kundan beri
 Yolg’izlik azobi sindirdi-ku meni,
 Sen mendan ketgan kundan beri
 Ovundim, lek unuta olmadim seni.
Oydin kechalar,
 Seni o’ylab o’tdi bu kechalar,
 Dardimni biladi faqat kechalar,
 Sen haqingda aytib berdim nechalar. (x2)
Ko’rdingmi mana bo’ldi endi kech,
 Oldinga qara, ortda qolsin bu yer.
 Faqat qaytib kelma, menga hech kim kerakmas,
 Sen ketib yoshlik o’tdi olmay nafas.
Sen ketgan kundan beri
 Yolg’izlik azobi sindirdi-ku meni,
 Sen mendan ketgan kundan beri
 Urindim, lek unuta olmadim seni.
Oydin kechalar,
 Seni o’ylab o’tdi bu kechalar,
 Dardimni biladi faqat kechalar,
 Sen haqingda aytib berdim nechalar. (x2)